«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalarida  asosiy fan sifatida o‘qitiladi. Bu fan iqtisodiyotning metodologik asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi fan sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fan iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Ushbu o‘quv dasturida fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari, o‘quv tayyorgarliklarining mazmuni, seminar mashg‘ulotlari mavzulari, mustaqil ish mavzulari, zaruriy va qo‘shimcha adabiyotlar keltirildi. Dasturda keyingi davrda ro‘y bergan iqtisodiy tafakkurdagi o‘zgarishlar hisobga olingan.


Talabalar ushbu fanni o‘qish natijasida quyidagi keng ko‘lamli ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: akademik o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish; tanqidiy fikrlash va o‘z-o‘zini namoyon etishning asosiy ko‘nikmalarini egallash; vaqtni to‘g‘ri taqsimlash,  mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish; akademik konvensiyaga muvofiq akademik lug‘at va matn yozish sohasida zarur bilimlarni olish; akademik matnlarni tahlil qilish strategiyalarini o‘rganish; amaliy tadqiqotlar olib borish va o‘quv mashg‘ulotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish. omma oldida qanday qilib muvaffaqiyatli nutq so‘zlash, bahs va munozaralarda qatnashishni o‘rganish.

Kasbiy kompetentlik – talabalarni, bo‘lajak mutaxassislar kompetensiyasi, ularning amaliyotdagi intilishi va qobiliyati hamda o‘z imkoniyatlarini muvaffaqiyatli, ijodiy faoliyat ko‘rsatish, kasbiy va ijtimoiy sohada qo‘llashga hamda bu faoliyatni ijtimoiy ahamiyatini, uning natijalariga nisbatan shaxsiy masʼuliyatni his etishi, doimo uzluksiz ravishda o‘z ustida ishlashi kabi fazilatlarni ro‘yobga chiqarish, kasbiy kompetentlikni shakllantirishga doir maqsadlarni qamrab oladi.


Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy

asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini,

iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amalda tatbiq

etish ko’nikmasini hosil qilish.