O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tib borish jarayonida tub islohotlarni amalga oshirish yo’li bilan ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilanishi zaminida ma`lum tarixiy davr davomida bozor munosabatlarini rivojlanishini ta`minlaydi. Demak, iqtisodiyot nazariyasi oldida turgan eng dolzarb va eng muhim vazifa bozor iqtisodiyotini rivojlanish qonuni va qonuniyatlarini, uning kategoriyalarini va talablarini tub mohiyatini va amal qilish mexanizmini chuqur va har tomonlama talabalarga o’rgatishdir.

Mustaqillik yillari davomida milliy xo'jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, oldingi sotsialistik tizimdan meros bo'lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi hamda Prezidentimiz aytganlaridek, «Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uining ayrim sohalaridagi  mutanosiblik kuchaydi hamda 2013 yilda va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko’lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni difersifikasiya qilish markaziy o’rin tutishi darkor ».

 Ushbu davrda bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Hozirgi kunda esa, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish amalga oshirilmoqda.

Ushbu fаn хo’jаlik yuritishning nаzаriya vа аmаliyotgа doir sаvollаrini, bozor tizimigа аmаl qilish аsoslаrini, bozor iqtisodi subеktlаrini, tаlаb vа tаklif o’zgаrishlаrigа tа’sir etuvchi omillаrni, аlohidа mаhsulot bozoridа tаlаbning shаkllаnishini, turli bozor strukturаlаridа ishlаb chiqаrish, nаrх shаkllаnishi vа хаrаjаtlаrni, firmа vа uning bozor iqtisodidаgi rolini, iqtisodiy rеsurslаr, ulаrning hаrаkаti vа ulаrdаn sаmаrаli foydаlаnishni, rеsurslаrni optimаl tаqsimlаsh yo’llаrini o’rgаtаdi. Oliy o’quv yurtlarida yuzaga kelgan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o’qitishdan maqsad yosh mutaxassislarga puxta va zamonaviy iqtisodiy bilimlar berish uchun yagona «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining dasturini yaratishdan iborat.