Available courses

Fanni o‟qitishdan maqsad - talaba-yoshlar tafakkurida dinning mazmun-mohiyati, dunyoning diniy manzarasi, diniy va falsafiy qarashlarning o‟zaro bog‟liqligi, globallashuv va diniy jaryonlari hamda zamonaviy diniy harakatlar, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning davlat va jamiyat xavfsizligaga salbiy ta‟sirini bilish va unga qarshi kurashishda nazariy bilimlar va amaliy ko„nikmalarni shakllantirishdan iborat.

O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan hududlardan biri, o‘zbek xalqi boy tarixiy o‘tmish va bebaho ma’naviy merosga egaligi, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmunmohiyatini ko‘rsatib berish va jamiyat hayotida, ijtimoiy turmush tarzida talabaning o‘rni, o‘zligini anglatish, shaxs, fuqaro maqomini tushunib yetishidan iborat.

Boy tarixiy o‘tmish, xususan, o‘zbek davlatchiligiga tarixiy ekskurs uyushtirish, qarama-qarshiliklarga boy ziddiyatli XX asr tarixi mazmun-mohiyatini ochib berish, мustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat hamda  mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalarda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga to‘liq tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘urur va iftihorni shakllantirishdan iborat.


Fanni o’qitishdan maqsad - Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari fanni o’qitishdan maqsad tayyorlanayotgan mutaxassisga avtomobillarda tashish va uni tashkil etish soxasida avtomobillardan yukori darajada foydalanish, ularning atrof muxitga ta’sirini kamaytirish muammolari haqida nazariy va amaliy bilimlar berish, unda fanga, o’z kasbiga qiziqishni orttirish kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat.

 Avtomobil transport avositalarini yukori darajada qullanilishi uning iqtisodiyotning lbarcha soxalarida, jumladan, mexnat bozorida, qurilishda, savdo va jamiyat xayotining boshqa jabxalarida o’z o’rniga eta ekanligini ko’rsatadi.

Avtotransport korxonalarida yuk va yo’lovchilarni tashish hamda harakat xavfsizligini tashkil etishning ilg’or usul va vositalarini tanlashga aloxida e’tibor beriladi.

 

Fanning vazifasi - talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, avtomobillarda yuk va yo’lovchilarni tashish hamda harakat xavfsizligini tashkil etish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyo qarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

 

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi – yo’l harakat qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari ,avtomobillar konstruksiyasi, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servis, issiqlik texnikasi va ichki yonuv dvigatellari, texnik tizimlarni boshqarish kabi fanlar bilan usviy bog’liqdir.

 


Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda tanlangan yo‘nalish profiliga mos, ta’lim standartlarida talab qilingan soha ob’ektlarini loyihalashga oid dasturlaridan foydalanishda bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar majmuasini shakllantirish hamda infografik materiallarni tayyorlash haqida bilimga ega bo‘lgan nazariy bilimlarni amalda tadbiq eta oladigan bakalavrlarni tayyorlashdan iborat.

Mashinasozlik texnologiyasi yo’nalishiga kirish

Talabalar qo'yilgan masalani yechadigan kompyuter dasturini tuzish asoslarini o'rganadi. Dasturlash tillari va muhitlari haqida tayanch tushunchalarga ega bo'lishadi. Dasturlash tilida sodda algoritmlarni tuzishni o'rganishadi. Dasturlash tilida ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tamoyillarini o'rganish orqali dasturlash savodxonligini rivojlantirishadi.

Talabalarga qo'yilgan masalani yechadigan kompyuter dasturini tuzish asoslarini o'rgatish. Dasturlash tillari va muhitlari haqida tayanch tushunchalar berish. Dasturlash tilida sodda algoritmlarni tuzishni o'rgatish. Dasturlash tilida ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tamoyillarini o'rgatish orqali talabalarning dasturlash savodxonligini rivojlantirishdan iborat.

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga raqamli texnologiyalar davrida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash usul va vositalari, kompyuter modellashtirish, dasturlash texnologiyalari tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish, soha jarayonlarida axborot texnologiyalari yordamida yondoshuvni shakllantirish, tizimlar, texnologiyalar va modellashtirish mazmun-mohiyatini bilish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Bu fan talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o`rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qiladi


Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiy fikrning tarixiy evolyusnyasi to‘g’risida tushuncha berish. Talabalarni qisman iqtisodiy tarixining ba’zi epizodlari bilan tanishtirish Ularga ikki ming yildan ortiq davrda iqtisodiy tafakkur evolyusiyasi to‘g‘risida keng tushunchalar berish. Talabalarda iqtisodiy tafakkurning turli oqimlarini va ularning iqtisodiy ta’limotlar tarixiga ta’sir ko‘rsatgan ba’zi shaxslar bilan tanishtirish. talabalar tafakkurida ayrim shaxslar, ijgimoiy guruhlar yoki umumjamiyat manfaatlarini ifodalovchi iqtisodiy fikr, qarash, g’oya, nazariya va ta`limotlarning shakllanishi, rivojlanishi, “emirilishi” va almashinuvining tarixiy jarayonini izchil yoritish asosida milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va mazmuniga mos, tub islohotlar milliy modelining etuk amaliyotchisiga xos iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda korxonalar, tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida mehnat faoliyatini tashkil etish,  ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va korxonalar tashkiliy tuzilishining optimal variantlarini tanlash, boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash, tashkilot va korxonalar boshqarish samaradorligini oshirish, tashkilot va  korxonada mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, korxonada menejer faoliyatini oqilona tashkil etish, boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalardar samarali foydalanish, korxonada samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Fanni o`qitishdan maqsad talabalarni mexatronika va robototexnika tizimlarini tahlil etish va sintezlash hamda ularni boshqarish bo`yicha ilmiy-tadqiqot va ijodiy innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash.

Fanning vazifasi – mashinasozlik va boshqa sohalardagi texnikaning rivojlanish yo`nalishida mexatronika tizimlarini qurishning zamonaviy tamoyillarini biladigan,   mexatronika tizimining asosiy qismlari bo`lgan mexanik, elektronika va axborot-kommunikatsion komponentlarning asosiy kontseptual masalalarini o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.


O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tib borish jarayonida tub islohotlarni amalga oshirish yo’li bilan ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilanishi zaminida ma`lum tarixiy davr davomida bozor munosabatlarini rivojlanishini ta`minlaydi. Demak, iqtisodiyot nazariyasi oldida turgan eng dolzarb va eng muhim vazifa bozor iqtisodiyotini rivojlanish qonuni va qonuniyatlarini, uning kategoriyalarini va talablarini tub mohiyatini va amal qilish mexanizmini chuqur va har tomonlama talabalarga o’rgatishdir.

Mustaqillik yillari davomida milliy xo'jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, oldingi sotsialistik tizimdan meros bo'lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi hamda Prezidentimiz aytganlaridek, «Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uining ayrim sohalaridagi  mutanosiblik kuchaydi hamda 2013 yilda va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko’lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni difersifikasiya qilish markaziy o’rin tutishi darkor ».

 Ushbu davrda bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Hozirgi kunda esa, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish amalga oshirilmoqda.

Ushbu fаn хo’jаlik yuritishning nаzаriya vа аmаliyotgа doir sаvollаrini, bozor tizimigа аmаl qilish аsoslаrini, bozor iqtisodi subеktlаrini, tаlаb vа tаklif o’zgаrishlаrigа tа’sir etuvchi omillаrni, аlohidа mаhsulot bozoridа tаlаbning shаkllаnishini, turli bozor strukturаlаridа ishlаb chiqаrish, nаrх shаkllаnishi vа хаrаjаtlаrni, firmа vа uning bozor iqtisodidаgi rolini, iqtisodiy rеsurslаr, ulаrning hаrаkаti vа ulаrdаn sаmаrаli foydаlаnishni, rеsurslаrni optimаl tаqsimlаsh yo’llаrini o’rgаtаdi. Oliy o’quv yurtlarida yuzaga kelgan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o’qitishdan maqsad yosh mutaxassislarga puxta va zamonaviy iqtisodiy bilimlar berish uchun yagona «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining dasturini yaratishdan iborat.

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish, fanning predmeti va o‘rganish usullari.


Iqtisodiy tahlil va audit fanini o’qitishdan maqsad - talabalarga boshqaruv, moliyaviy va investision qarorlar qabul qilish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish holatini, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini, moliyaviy holatini hamda ularning o`zgarishlarini, o`zgarishlarga ta`sir qilgan omillarni aniqlash va baholash yo`llarini o`rgatishdan iborat. Shuningdek, mazkur fan talabalarda xo`jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy- xo`jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o`tkazish, moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasi hamda hisobotini rasmiylashtirish, auditning professional xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga yordam berishdan iborat.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining mazmun mohiyati

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tufayli iqtisodiy fanlarni o‘rganishga intilish kuchaydi. Chunki har bir kishi biladiki, farovon hayot kechirish uchun daromad topish zarur. Buning uchun avvalo, iqtisodiyotni, iqtisodiy masalalarni yaxshi bilish zarur bo‘lsa, ikkinchidan ro‘y berayotgan qiyinchiliklar, muammolarni hal yetish uchun ham iqtisodiyotni, uning sir-asrorlarini mukammal bilmoq talab qilinadi.

Umuman olganda, kishilik jamiyati taraqqiyotida ijtimoiy fanlar, jumladan iqtisodiyot nazariyasi muhim o‘rin tutadi.

«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalarida  asosiy fan sifatida o‘qitiladi. Bu fan iqtisodiyotning metodologik asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi fan sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fan iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Ushbu o‘quv dasturida fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari, o‘quv tayyorgarliklarining mazmuni, seminar mashg‘ulotlari mavzulari, mustaqil ish mavzulari, zaruriy va qo‘shimcha adabiyotlar keltirildi. Dasturda keyingi davrda ro‘y bergan iqtisodiy tafakkurdagi o‘zgarishlar hisobga olingan.


Talabalar ushbu fanni o‘qish natijasida quyidagi keng ko‘lamli ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: akademik o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish; tanqidiy fikrlash va o‘z-o‘zini namoyon etishning asosiy ko‘nikmalarini egallash; vaqtni to‘g‘ri taqsimlash,  mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish; akademik konvensiyaga muvofiq akademik lug‘at va matn yozish sohasida zarur bilimlarni olish; akademik matnlarni tahlil qilish strategiyalarini o‘rganish; amaliy tadqiqotlar olib borish va o‘quv mashg‘ulotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish. omma oldida qanday qilib muvaffaqiyatli nutq so‘zlash, bahs va munozaralarda qatnashishni o‘rganish.

Kasbiy kompetentlik – talabalarni, bo‘lajak mutaxassislar kompetensiyasi, ularning amaliyotdagi intilishi va qobiliyati hamda o‘z imkoniyatlarini muvaffaqiyatli, ijodiy faoliyat ko‘rsatish, kasbiy va ijtimoiy sohada qo‘llashga hamda bu faoliyatni ijtimoiy ahamiyatini, uning natijalariga nisbatan shaxsiy masʼuliyatni his etishi, doimo uzluksiz ravishda o‘z ustida ishlashi kabi fazilatlarni ro‘yobga chiqarish, kasbiy kompetentlikni shakllantirishga doir maqsadlarni qamrab oladi.


Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy

asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini,

iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amalda tatbiq

etish ko’nikmasini hosil qilish.

Metallarga bosim ostida ishlov berish

Fanni o‘qitishdan maqsad –  “Fizika” kursini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarda tabiatdagi hodisa va jarayonlarga ilmiy nuqtai nazaridan qarash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, nazariy va eksperimental materiallar asosida fizik qonunyatlarning ob’ektiv ekanligini, o‘zlashtirish imkoniyatining mavjudligini isbot etishdir.

QURILISH INDUSTRIYASINING TEXNOLOGIK USKUNALRI FANIDA QURILISHDA ISHLATILADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZ VA USKUNALAR HAQIDA MALUMOTLAR BERILADI


1-Topshiriqlar

«Oliy matematika» kursi  1 - kurslar uchun.

saidovhk. 2023.

O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan hududlardan biri, o‘zbek xalqi boy tarixiy o‘tmish va bebaho ma’naviy merosga egaligi, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmunmohiyatini ko‘rsatib berish va jamiyat hayotida, ijtimoiy turmush tarzida talabaning o‘rni, o‘zligini anglatish, shaxs, fuqaro maqomini tushunib yetishidan iborat.

O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan hududlardan biri, o‘zbek xalqi boy tarixiy o‘tmish va bebaho ma’naviy merosga egaligi, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmunmohiyatini ko‘rsatib berish va jamiyat hayotida, ijtimoiy turmush tarzida talabaning o‘rni, o‘zligini anglatish, shaxs, fuqaro maqomini tushunib yetishidan iborat.

Диншунослик фани жахон динлари, мамлакатимизда виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар 

Dinshunoslik fanini o'zlashtirish orqali dinning mazmun-mohiyati, dunyoning diniy manzarasi, diniy va falsafiy qarashlarning o’zaro bog’liqligi, globallashuv va diniy jaryonlari hamda zamonaviy diniy harakatlar, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning davlat va jamiyat xavfsizligaga salbiy ta’sirini bilish va unga qarshi kurashishda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar shakllanadi.

Tarix – arabcha so‘z bo‘lib, o‘tmish «o‘tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish», ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o‘tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan hayotiy yo‘lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni etaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o‘rganuvchi, tasvirlovchi fandir. «Tarixni unutgan xalq, jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo‘q.»1

«Tarix millatlarning o‘tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir».