Fanni o`qitishdan maqsad talabalarni mexatronika va robototexnika tizimlarini tahlil etish va sintezlash hamda ularni boshqarish bo`yicha ilmiy-tadqiqot va ijodiy innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash.

Fanning vazifasi – mashinasozlik va boshqa sohalardagi texnikaning rivojlanish yo`nalishida mexatronika tizimlarini qurishning zamonaviy tamoyillarini biladigan,   mexatronika tizimining asosiy qismlari bo`lgan mexanik, elektronika va axborot-kommunikatsion komponentlarning asosiy kontseptual masalalarini o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.