Dinshunoslik fanini o'zlashtirish orqali dinning mazmun-mohiyati, dunyoning diniy manzarasi, diniy va falsafiy qarashlarning o’zaro bog’liqligi, globallashuv va diniy jaryonlari hamda zamonaviy diniy harakatlar, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning davlat va jamiyat xavfsizligaga salbiy ta’sirini bilish va unga qarshi kurashishda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar shakllanadi.

Tarix – arabcha so‘z bo‘lib, o‘tmish «o‘tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish», ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o‘tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan hayotiy yo‘lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni etaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o‘rganuvchi, tasvirlovchi fandir. «Tarixni unutgan xalq, jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo‘q.»1

«Tarix millatlarning o‘tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir».

Fanni O‘qitishdan maqsad - O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan hududlardan biri, o‘zbek xalqi boy tarixiy o‘tmish va bebaho ma’naviy merosga egaligi, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatib berish va jamiyat hayotida, ijtimoiy turmush tarzida talabaning o‘rni, o‘zligini anglatish, shaxs, fuqaro maqomini tushunib yetishidan iborat.