“Yo‘nalishga kirish” fani bo‘yicha o‘qiladigan mavzularda energiya zaxiralari, ularning turlari va muammolari, texnologik jarayonining samaradorligini oshirish istiqbollari, elektr stansiya va podstansiya-larda xizmat ko‘rsatish, elektr energiyani ishlab chiqish, uzatish, taqsimlash va uni iste‘mol qilish, elektr energiya iste‘molchilari va boshqalar to‘g‘risida atroflicha ma‘lumot beradi. 

Ushbu fan birinchi bosqich talabalarining bo‘lg‘usi sohasi, ya‘ni elektr energetika yo‘nalishi bilan yaqindan tanishtiradi hamda elektr energetikaning hozirgi jamiyatdagi o‘rni, rivojlanish tarixi va ilmiy-texnika taraq-qiyotidagi ta‘sirlarini chuqur o‘rgatadi.


Texnikaning hozirgi zamondagi rivojlanishi energiyani ko‘p miqdorda iste’moli bilan tavsiflanadi va shu sababli ilmiy-texnika inqilobi davri bo‘lib, oldingi rivojlanishlardan sifat darajasi bilan farq qiladi. Sifat darajasi birinchi navbatda ishlab-chiqarish kuchlarining yirik inqilobiy siljishlarida keng miqiyosda yuqori samarador avtomatika bilan jihozlangan mehnat qurollarida namoyon bo‘ladi.

Texnikaviy taraqqiyot va sivilizatsiyaning rivojlanishi qadimgi tarixiy davrlardan bevosita foydalanilgan energiya qiymati bilan bog‘liq.

Agarda insoniyat rivojlanishining birinchi bosqichlarida o‘z mushaklarining va hayvon mushaklarining energiyasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ishni katta qismini mashinalar yordamida bajariladigan bo‘ldi.

Tabiat sirlariga kira borib, odamlar ularni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishga harakat qilganlar.

Energiyaning ko‘pishlatilishi insoniyatni atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlarini ortib borishi bilan ham bog‘liq.

Energiyaga ehtiyoj uzluksiz orta borgan. Energiya manbalarini va energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish yangi usullarini izlashga ehtiyoj sezilgan.